Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi «futbol tashkilotlari» qator soliqlardan ozod etilyapti

O‘zbekistondagi «futbol tashkilotlari» qator soliqlardan ozod etilyapti

Prezident joriy yil 18-iyul kuni Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, «O‘zbekiston Professional futbol ligasi» jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari bir qator soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Ular:

  • barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
  • o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
  • O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring