O‘zbekistondagi eng baland sharshara (video, foto)
Hisor davlat qo‘riqxonasida bir mo‘jiza — mashhur Suvtushar sharsharasi bor. U mamlakatimizdagi eng baland va sersuv sharshara hisoblanadi. 84 metr balandlikka ega sharsharadan yilning may-iyul oylarida har soniyada 5-6 kub metr suv otilib tushadi. Shu jarayonda hosil bo‘lgan zarrachalar 250-300 metr, kuchli shamol esib turgan paytlarda 500-600 metrgacha sachrab tarqaladi va ajoyib mikroiqlim hosil qiladi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Sayyod, Suvtushar, G‘elon qishlog‘i, Hisorak suv ombori hamda Hisor davlat qo‘riqxonasi hududlarida Shahrisabz tuman hokimligi tashabbusi bilan fotomuxbirlar uchun «Shahrisabz — Ona sayyoramiz mo‘’jizasi» fotofestivali tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter