Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalarida cheklov o‘rnatilmoqda

O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalarida cheklov o‘rnatilmoqda

Foto: Xabar.uz

Energetika vazirligi hamda «Hududgazta’minot» AJning ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha metan zapravkalariga cheklov kiritiladi.

«Mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.

Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi», deyiladi rasmiy xabarda.

AGTKShlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Avvalroq, Andijon, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Surxondaryoda cheklovlar kiritilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring