Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi atigi 1 foiz eksponat namoyishga qo‘yilgan — ko‘rsatishga joy yo‘q

O‘zbekistondagi atigi 1 foiz eksponat namoyishga qo‘yilgan — ko‘rsatishga joy yo‘q

Foto: «Uzbekistan Travel»

Prezident viloyat hokimlariga bir oy muddatda 52 ta ta’mirtalab muzeylarga shaxsan borib, ularning muammolarini hal qilishga ko‘rsatma berdi.

Toshkent shahar hokimiga 1-oktyabrga qadar xorijdan jalb qilingan malakali ekspertlar bilan birga Temuriylar tarixi, O‘zbekiston tarixi hamda Tabiat muzeylarining ekspozitsiyasini zamon talablariga asosan yangilash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi.

Bu tajriba asosida respublikadagi boshqa muzeylar ham yangilanadi.

Hozirda muzeylardagi 105 ming dona eksponat restavratsiyaga muhtojligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar muzey binolarini ta’mirlash hamda ashyolarni restavratsiya qilish uchun muzeylarda 15 ta restavratsiya laboratoriyasini tashkil qilinadi.

Shu bilan birga, muzeylarning ko‘rgazma maydonlari kamligi sababli atigi 1 foiz (143 mingta) eksponat namoyishga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, barchaning ham Savitskiy kabi muzeylarga borish imkoniyati yo‘q.

Shu munosabat bilan «San’atni xalqqa yaqinlashtirish» dasturi doirasida hududlarda muzeylarning ko‘chma ko‘rgazmalari tashkil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring