Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yuz orqali identifikatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda yuz orqali identifikatsiya qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan mukammal ko‘rinishdagi shaxsni masofadan biometrik (yuz orqali) identifikatsiya qilish (Face ID) tizimi yo‘lga qo‘yildi.

FaceID – bu biometrik identifikatsiya tizimi. U shaxslarni hayotiy baholash orqali ishonchli identifikatsiya qilish imkonini beradi va biometrik hujumlardan himoyalaydi.

FaceID – xizmat ko‘rsatish sohalariga murojaat etilganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida ishonchli identifikatsiyani ta’minlovchi kompleks yechim hisoblanadi.

Qayd etilishicha, FaceID imkoniyati elektron hukumatning axborot resurslari va axborot tizimlari, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda, davlat tashkilotlari hamda tijorat banklari faoliyatida juda qo‘l keladi.

Taklif etilayotgan tizim AQShning Standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) Milliy reytingida yetakchi o‘rinda. Verifikatsiya va identifikatsiya yo‘nalishlarida TOP-10 ga kiradi.

FaceID dan foydalanish afzalliklari haqida batafsil ma’lumot olish uchun Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring