O‘zbekistonda «Yil tanlovi – 2019» e’lon qilindi
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida joriy 2019-yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o‘rtasida tanlov e’lon qildi.
Tanlov ijtimoiy so‘rov asosida «Eng namunali hudud», «Eng namunali vazirlik», «Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti» kabi nominatsiyalar bo‘yicha saralanadi.
Kimlar qatnasha oladi?
Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalq kundalik turmushida eng ko‘p duch keladigan tizimlar saralab olindi.
- Vazirliklar
- Qo‘mita va agentliklar, jamoat tashkilotlari
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar
Tanlovda qanday ishtirok etish mumkin?
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining telegram messenjeridagi rasmiy kanali @uza_uz da e’lon qilingan ro‘yxatda ko‘rsatilgan tashkilotlarga ovoz beriladi.
Tanlov qanday o‘tadi?
1-bosqich: Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan tashkilotlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.
2-bosqich: G‘olib jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomaga asosan aniqlanadi. Bundan tashqari so‘rovnomaga kiritilmagan tizimlar ham jurnalist va blogerlar tomonidan alohida saralanib, tanlovning qo‘shimcha nominatsiyalariga tavsiya etiladi.
Natijalar qachon e’lon qilinadi?
G‘oliblar Yangi yil arafasida eng munosib 3 ta tizimdan, ya’ni 3 ta birinchi o‘rin, 3 ta ikkinchi o‘rin, 3 ta uchinchi o‘ringa maxsus sertifikat, O‘zA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Taqdirlash marosimida g‘oliblik tashkilotlarning Matbuot xizmati vakillariga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter