Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi Milliy mukofot ta’sis etiladi  

O‘zbekistonda yangi Milliy mukofot ta’sis etiladi   

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi tasdiqlanadi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Farmon loyihasiga ko‘ra:

  • 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari malakasini oshirish o‘quv markazlarida, shuningdek umumta’lim muassasalari, akademik litsey va kollejlarda «Inson huquqlari» o‘quv kursini joriy etish;
  • inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirish sohasidagi xizmatlar uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida taqdim qilinadigan «Inson huquqlari himoyasi uchun» Milliy mukofotini ta’sis etish;
  • 2020-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish vazifalari belgilangan.

Strategiyaga muvofiq, O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha dunyoning 50 yetakchi mamlakatlari qatoriga kirishi hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylanishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi.

Muhokama joriy yilning 12-fevraliga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring