Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana haroratning keskin oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yana haroratning keskin oshishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet 27-iyun kuni janubiy viloyatlarda havo harorati +43°S gacha, poytaxtda +41°S gacha, Farg‘ona vodiy viloyatlarida +40°S gacha hamda tog‘larda +30°S gacha issiq xarorat bo‘lishini prognoz qildi.

Mamlakat shimolida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 33-38°, 26 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 35-40°, 27 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-26 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 34-39°, 27 iyunda kechasi 22-27°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 25-26 iyunda 36-41°, 27 iyunda 38-43° bo‘ladi.

Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 25 iyunda 32-37°, 26-27 iyunda 34-39° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring