Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni kamaydi

O‘zbekistonda xorijiy korxonalar soni kamaydi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,  2023-yil 1-may holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan.

Ta’kidlash joizki, 2023-yil 1-mart holatiga respublikamizdagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 161 tani tashkil etgan.

Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

— Rossiya – 2 905 ta
— Xitoy – 1 807ta
— Turkiya – 1 798 ta
— Qozog‘iston – 986 ta
— Janubiy Koreya – 712 ta
— AQSh – 297 ta
— Qirg‘iziston – 258 ta
— Tojikiston – 253 ta

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring