O‘zbekistonda Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladimi? «O‘zavtosanoat» BYD kompaniyasi bilan kelishuv imzoladi
«O‘zavtosanoat» Xitoydagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya — BYD bilan kelishuv imzoladi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Shukurov bugun, 17-fevral kuni ishbilarmonlar tarmog‘i — «LinkedIn»dagi o‘z akkauntida xabar qoldirdi.
«Bugun biz Xitoyning eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi BYD kompaniyasi bilan kelishuv imzolamoqdamiz. Elektromobillar kelajagiga dastlabki qadam», — deb yozdi Shukurov.
Aziz Shukurov tafsilotlarga to‘xtalmagan.
Xitoyning BYD kompaniyasiga 1995-yili xitoylik Van Chuanfu asos solgan. Kompaniya dunyodagi eng yirik avtomobilsozlardan biriga aylangan: kam litrajli mashinalar, sedanlar, biznes-klassdagi mashinalar, krossoverlar, gibrid avto, elektrokarlar va elektrobuslar ishlab chiqaradi. Hozirda jahon elektromobillar bozorida 9 foiz ulush bilan 4-o‘ringa ko‘tarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter