Xavfli chigirtkalar O‘zbekistonda ham tarqalishi mumkin
Qirg‘izistonning Aksi tumani dalalarida Marokash chigirtkasi ko‘payib bormoqda. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur xavfli hasharotga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mazkur chigirtka galasining mamlakatimiz dalalariga ham kirib kelishi xavfi to‘g‘risida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston sharoitida zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish yuzasidan har yili kuz oylarida kuzgi, erta bahorda ham kuzatuv nazorat ishlari olib boriladi, chigirtkalarning qishlov muddati tugashi, tuxumdan chiqish muddatlari to‘g‘risida ko‘p yillik kuzatuv asosida kimyoviy kurash tadbirlari rejalashtiriladi va o‘z vaqtida tashkil etish choralari ko‘riladi.
Respublikada hozirgi paytda chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari davlat budjetidan ta’minlanadigan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tarkibidagi Chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Marokash chigirtkalari mamlakatimiz hududlariga ham tarqalishi xavfi mavjud. Hozirga qadar chigirtkalarni boshqarish mexanizmi hech bir davlatda ishlab chiqilmagan. Bu xabar soha xodimlarini ogohlikka chaqiradi.
Har yilgidek qo‘shni davlatlarning chegaradosh hududlaridan O‘zbekiston hududiga zararli chigirtkalarning uchib o‘tish xavfi mavjud bo‘lib kelgan.
Masalan, joriy yilda 50-60 ming gektar maydonga uchib o‘tish xavfi mavjud. Shunday holat yuzaga kelganda, barcha texnika vositalari mobilizatsiya qilinib, keng qamrovli kimyoviy ishlovlar o‘tkazilib, ularning keng maydonlarga tarqalishi xavfini bartaraf etish choralari ko‘riladi.
«Texnikalar yetarli, moddiy resurslar YoMM, kimyoviy vositalar zaxirasi mavjud», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter