«Veterinariya fidoyisi» va «Chorvachilik fidokori» nishonlari ta’sis etiladi
Tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishda alohida tashabbus ko‘rsatganlarga «Tabiat himoyachisi» ko‘krak nishoni ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.
Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni har yili 5-iyun — Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida topshiriladi. Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Shuningdek, «Veterinariya fidoyisi» va «Chorvachilik fidokori» ko‘krak nishonlari ham ta’sis etilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, mazkur mukofotlar bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mablag‘i bilan har yili 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanganlarga topshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter