Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tug‘ilgan jurnalist «Forbes» bosh direktori bo‘ldi

O‘zbekistonda tug‘ilgan jurnalist «Forbes» bosh direktori bo‘ldi

Foto:«Rambler»

O‘zbekistonda tug‘ilgan Elmar Murtazayev dunyoning nufuzli iqtisodiy nashrlaridan biri «Forbes Rossiya» jurnaliga bosh direktor etib tayinlandi, deya xabar berdi «Avdet.org» nashri.

Bungacha u ushbu jurnal bosh muharriri bo‘lib ishlagan edi.

Elmar Murtazayev 1972-yilda O‘zbekistonda tavallud topgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Elmar Murtazayev «Segodnya», «Izvestiya», «Russkiy telegraf» gazetalari,«Dow Jones» agentligi, «Kompaniya» jurnali, shuningdek, bir qator markaziy saytlarda muharrirlik, muxbirlik va kolumnistlik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring