Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda chet elda o‘qish va ishlashni istovchilar uchun muhim tadbir o‘tkazilmoqda

Toshkentda chet elda o‘qish va ishlashni istovchilar uchun muhim tadbir o‘tkazilmoqda

Foto: Yoshlar media markazi

28-30-mart kunlari «Yoshlar ijod saroyi»da «Ta’lim va mutaxassislik» XX xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazma ta’lim va bandlik yo‘nalishlarida tashkil etilib, unda AQSh, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Latviya, Chexiya, Polsha, Angliya, Malayziya, Vengriya, Ispaniya, Rossiya, Kanada, Shveysariya, Singapur kabi davlatlardagi 70 ga yaqin nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, 40 dan ortiq O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, 40 dan ortiq xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv kurslari ishtirok etmoqda.

Foto: Yoshlar media markazi

Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati boshlig‘i  Syuzanna Vud, Latviyaning O‘zbekistondagi  elchixonasi birinchi kotibi Jidra Liyepina, O‘zbekistonda Britaniya Kengashi direktori Reychel Aylend ko‘rgazmaning ahamiyati va unda yoshlarning ishtiroki haqida so‘z yuritdi.

—Hozirda 570 nafar o‘zbekistonlik talaba AQShda tahsil olmoqda. Biz ularning safini yanada kengaytirmoqchimiz. Chunki dunyoning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari aynan Amerikada joylashgan. Shu sababli, o‘zbekistonlik talabalarda  bizning mamlakatda o‘qish ishtiyoqi baland,   – deydi Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati boshlig‘i  Syuzanna Vud. — O‘zbekistondan o‘qishga borayotgan talabalar asosan, biznes, muhandislik va texnologiyalar bo‘yicha tahsil olishadi. Magistratura yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Foto: Yoshlar media markazi

Tadbir doirasida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar, yirik kompaniyalar ishtirokida «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» tashkil etilib, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ham qatnashdi.

Birinchi kundanoq ko‘rgazmaga 3 ming nafardan ortiq yoshlar tashrif buyurdi.

Shahnoza Nurullayeva

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring