Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda sumo federatsiyasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda sumo federatsiyasi rasman ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda rasman sumo federatsiyasi ochildi. Mazkur federatsiya joriy yilning 12 oktyabr kuni adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu haqda federatsiya raisi etib saylangan Kamol Usmonov o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi. 

Federatsiya O‘zbekistonda sumo sportini rivojlantirish va ommalashtirish, sumo sporti bilan shug‘ullanuvchilarni, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sumo sport turlari bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishni maqsad qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi ilk sumo sportchisi sifatida Durdona Abdujabbarova qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring