Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Rossiyaning yana uchta universiteti filiallari ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning yana uchta universiteti filiallari ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning 3 ta – Rossiya gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Shimoliy Kavkaz federal universiteti filiallari ochiladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.

Uning takidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, Qirg‘izistonda ham Rossiyaning 3 ta oliygohi ochiladi. Ashxobodda esa Rossiya-Turkmaniston qo‘shma universitetini joriy etish loyihasi muvofiqlashtirish bosqichida.

«Bularning barchasi bizning mintaqada faoliyat ko‘rsatayotgan 25 ta ta’lim muassasalarimiz filiallariga qo‘shimcha bo‘ladi», – deydi Galuzin.

TIV rahbari o‘rinbosari, shuningdek, hozirda Rossiyada Markaziy Osiyo davlatlaridan 185 mingga yaqin talaba tahsil olayotgani va shundan 68 mingga yaqini Rossiya budjeti hisobidan moliyalashtirilishini aytdi.

«2023-2024 o‘quv yilida biz qozog‘istonlik talabalarni o‘qitish uchun kvotani 200 o‘ringa oshirdik. Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolari uchun yana 200 o‘rin, O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 o‘rin va Tojikiston fuqarolari uchun 152 o‘rin qo‘shimcha ajratdik», – deydi Mixail Galuzin.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda Rossiyaning yigirmaga yaqin oliygohlari filiallari mavjud. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring