Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda Ramazon hayiti sanasi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24-may yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanishi belgilangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an’analariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring