Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qildi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi o‘qildi

Bugun, 21-avgust mamlakatimizdagi 2000 ga yaqin jome’ masjidlarida Qurbon hayiti namozi o‘qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz saodatli kun ibodatini ado etdi, deb xabar bermoqda «O‘zA».

Qurbon hayiti ma’ruzalarida insonlarga mehr ko‘rsatish, ularning o‘y-tashvishlarini o‘rganib, yaxshilik qilish g‘oyat savobli tadbirligi, shu ma’noda xalqimiz saodatli turmushi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashi yo‘lidagi sa’y-harakatlar g‘oyat qadrli ekani aytildi. 

Qurbon hayiti namozidan so‘ng hamyurtlarimiz yaqinlari holidan xabar olish, bir-birini qutlash uchun yo‘l oldi. Qurbonlik qilinayotgan xonadonlarga borildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas