O‘zbekistonda qonuniy litsenziyasi yo‘q OTMlar nomi oshkor qilindi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi hech qanday litsenziyaga ega bo‘lmagan muassasalari nomini aytib, soxta OTMlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, Valley Innovative University, Samarqand–Koreya xalqaro universiteti, Angren–Koreya internatsional universiteti, Xalqaro Yevropa universitetlari hech qanday litsenziyaga ega emas.
Inspeksiya vakiliga ko‘ra, ularning ayrimlari hattoki xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishlarini O‘zbekistonga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha va’dalar berayotganligi aytilmoqda.
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya olmagan nodavlat OTMlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi.
Shuningdek, tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nafaqat O‘zbekiston balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.
Ta’kidlanishicha, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida 18 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati litsenziyalandi.
Inspeksiya fuqarolarga aldanib qolmasligi uchun o‘zining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari OTM xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya olingan nodavlat OTMlari haqida muntazam tarzda ma’lumot berib kelinishini qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter