Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma’lum qilindi

2021 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 1 yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7 foiz)ga oshib, 4 003,8 ming nafarni tashkil qilgan. Bu haqda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Shundan:

  • 2 966,7 ming nafari (74,1 foizi) yoshga doir pensiya (64 foizi ayollar);
  • 397,6 ming nafari (9,9 foizi) nogironlik pensiya (41,1 foizi ayollar);
  • 198,6 ming nafari (5 foizi) boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar;
    440,8 ming nafari (11 foizi) nafaqa oluvchilar (47,3 foizi ayollar).

2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming kishiga, nogironlik pensiya oluvchilar soni 11,0 ming kishiga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya oluvchi oilalar soni 9,6 ming oilaga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming kishiga ortgan.

2021 yilning yanvar—oktyabr oylarida 327,5 ming nafar fuqaroga yangi pensiya va nafaqalar tayinlangan.

Shundan, 215,1 ming nafariga yoshga doir pensiya, 29,9 ming nafariga nogiron shaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va 62,9 ming nafariga nafaqalar tayinlandi.

Qayd etilishicha, bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foizga ko‘p.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring