Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pedofillarning alohida reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda pedofillarning alohida reyestri yuritiladi

O‘zbekistonda pedofillarning reyestri yuritiladi. Bu borada Adliya vazirligi «Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqqan.

Hujjat loyihasida bolalarga jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar (pedofil)ning huquqlarini cheklashga doir qator normalarga o‘rin ajratilgan.

Unga ko‘ra, kelgusida qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan shaxslarning ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi.

Shuningdek, yuqoridagi holatlarni kedtirib chiqargan shaxslarning alohida reyestri yuritiladi, ular reyestrda bo‘lgan davrda ichki ishlar organlari tomonidan profilaktik hisobga olinadi.

Reyestrga kiritilgan shaxslar yashash joyi va ish joyini o‘zgartirganda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga xabar berishlari shart.

Reyestrni shakllantirish va yuritish, shuningdek undan axborot olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot uchun, mazkur qonun loyihasi bilan bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya hamda bulling taqiqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring