O‘zbekistonda pedagog-o‘qituvchilar soni nechta ekani aytildi
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan pedagog-o‘qituvchilar soni haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi ta’lim tashkilotlarida jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.
Jami pedagoglarning ta’lim turlari bo‘yicha soni:
- Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida – 116,0 ming nafar
- Umumta’lim muassasalarida – 510,0 ming nafar
- Akademik litseylarda – 3,3 ming nafar
- Kasb-hunar maktablarida – 9,9 ming nafar
- Kollejlarda – 3,9 ming nafar
- Texnikumlarda – 4,9 ming nafar
- Oliy ta’lim tashkilotlarida – 37,4 ming nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter