O‘zbekistonda ommaviy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi tomonidan O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan tadbir ham yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
– Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yangi marralarni egallashimiz kerak, – degan fikrlar og‘ushida yashayotgan o‘zbek xalqi qisqa muddat ichida jahon ommasi orasida o‘z o‘rnini topdi. Yaqinda Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning qo‘lga kiritgan zafarlari barchamizga quvonch ulashdi. Bu ham istiqlol sharofati, sportchilarga yaratilayotgan qulayliklar samarasidir, – dedi tadbirda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi raisi Rahmatullo Kamolov.
Albatta, bunday muzaffar zafarlar kishiga yanada quvonch ulashadi. Shunday yutuqlar barchamizni yashashga, yangi-yangi marralarni ko‘zlashga, fidoyilik bilan mehnat qilishga undayveradi. O‘tkazilgan tadbir ham san’atkorlarning Vatanni, istiqlolni, tinchlikni tarannum etuvchi qo‘shiqlari bilan davom etdi.
Shohsulton To‘xtamatov,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter