O‘zbekistonda oilaviy ajrimlar soni qariyb chorak barobarga ortgan
Statistika agentligi 2022-yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohdan ajralish holatlari haqida ma’lumotini taqdim qildi.
Agentlik keltirayotgan raqamlar o‘tgan yilgisi bilan taqqoslanganda 24 foizga oshgani ko‘rinadi.
Ya’ni, 2022-yilda O‘zbekistonda jami 48 734 ta oila nikohdan rasman ajrashgangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 39 227 tani tashkil qilgan.
Bu esa 2022-yil uchun har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promillega to‘g‘ri kelishini anglatadi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni eng ko‘p – Toshkent shahri –(5 901 ta) hamda Farg‘ona (5 445 ta) va Toshkent (5 098 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Shuningdek:
- Andijon viloyati – 5019 ta
- Samarqand viloyati – 4907 ta
- Namangan viloyati – 4394 ta
- Qashqadaryo viloyati – 3472 ta
- Surxondaryo viloyati – 2810 ta
- Buxoro viloyati – 2561 ta
- Xorazm viloyati – 2138 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 2067 ta
- Sirdaryo viloyati – 1764 ta
- Jizzax viloyati – 1728 ta
- Navoiy viloyati – 1430 ta
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-yilning dekabrida qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter