O‘zbekistonda mehnatga layoqatli kishilar soni 20 mlndan oshdi
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi:
- mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 11,4 mln. kishi (31,7 %)
- mehnatga layoqatli yoshdagilar – 20,5 mln. kishi (56,8 %)
- mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 4,1 mln. kishi (11,5 %)
Eslatib o‘tamiz, Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 197 781 kishini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga ko‘paygan. Toshkent shahri, Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari aholisi tez o‘smoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter