Maktab o‘quvchilarining o‘quv yuklamalari kamaytirildi
![Maktab o‘quvchilarining o‘quv yuklamalari kamaytirildi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2288684466.png)
Umumta’lim maktablarida ta’lim sharoitlari va sanitariya-epidemiologiya talablarga muvofiq haftalik o‘quv yuklamalar maksimal darajada kamaytirildi.
Ma’lum qilinishicha, 1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi). 1-sinflar uchun dars soatlari 1 haftasiga 22 soatdan oshmasligi kerak.
2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi);
5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Bir yil davomida o‘quv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter