O‘zbekistonda kunlik vaksinatsiyalash bo‘yicha rekord qayd etildi
Kecha, 6 avgust sanasida 461 mingdan ortiq emlash amalga oshirilib, kunlik rekord natija qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Umumiy hisobda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 461 802 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
– 1-bosqich emlanganlar 374 058 nafarni,
– 2-bosqich emlanganlar 66 499 nafarni,
– 3-bosqich emlanganlar 21 245 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 9 554 258 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
– 1-bosqich emlanganlar 6 446 527 nafarni,
– 2-bosqichda emlanganlar 2 240 447 nafarni,
– 3-bosqich emlanganlar 867 284 nafarni tashkil qildi.
Shu tariqa bugungi kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 319 956 nafarni tashkil qilmoqda.
6 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
– Samarqand viloyati (55 437 doza),
– Qashqadaryo viloyati (48 978 doza),
– Andijon viloyati (46 138 doza),
– Farg‘ona viloyati (43 464 doza)
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
– Farg‘ona viloyatida 1 161 144 doza,
– Namangan viloyatida 1 158 484 doza,
– Andijon viloyatida 1 042 250 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter