O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish holatlari keskin kamaydi

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi 5-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar jami soni 2207 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 17:00 holatiga, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2204 nafarni tashkil etgani xabar qilingandi. O‘tgan vaqt davomida yana 3 kishida infeksiya aniqlandi. Bugun koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami 18 ta holat qayd etildi.
Solishtirish uchun:
Oxirgi marta koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich 26-aprel kuni qayd etilgandi — 7 nafar.
Keyingi kungi ko‘rsatkichlar:
- 27-aprel —26 nafar;
- 28-aprel — 35 nafar;
- 29-aprel — 63 nafar;
- 30-aprel — 37 nafar;
- 1-may — 47 nafar;
- 2-may — 37 nafar;
- 3-may — 31 nafar;
- 4-may — 40 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter