Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus O‘zbekistonda 10 minglik »dovon»ni zabt etdi

Koronavirus O‘zbekistonda 10 minglik »dovon»ni zabt etdi

2020-yil 5-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 (+84) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6584 (+159) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3402 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring