Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari ikkitaga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari ikkitaga ko‘paydi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekistonda yana ikki nafar koronavirus yuqtirgan bemor vafot etdi.

Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 50 yoshli Z.R. (erkak)da joriy yil 8- iyul kunidan boshlab tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi, yo‘tal bilan uyida ambulator sharoitida davolanib yurgan. 16-iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

«COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangach, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 67 yoshli T.Z. (erkak)da joriy yil 4-iyul kunidan holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yurak tez urishi hamda ko‘krak sohasida og‘riq qo‘shilishiga qaramay uy sharoitida davolangan.

11-iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Muolajalarga qaramay bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring