O‘zbekistonda koronavirus: 88 kishi kasallandi, 8 kishi tuzaldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2020-yil 28-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.
Ayni soatlarda poytaxtimizning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.
Shunday qilib, yurtimizda 5248 (+8) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter