Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kichik bolalar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda kichik bolalar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi

Maktabgacha ta’lim vaziri boshchiligidagi delegatsiya ta’limni o‘zgartirish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan dastlabki sammit doirasida YuNESKO tomonidan «14—16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Kichik bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi»ga bag‘ishlangan rasmiy ziyofat tashkil etildi.

Unda YuNESKO bosh direktori o‘rinbosari Stefani Janinni, «Lego Foundation» jamg‘armasi direktori Ann-Birgitte Albreksen, xalqaro tashkilotlar vakillari, 35 nafardan ortiq YuNESKOga a’zo davlatlarning ta’lim vazirlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, shuningdek, bosh boshqarma boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva ishtirokchilarga xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berib, barchani Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan anjumanda bevosita ishtirok etishga taklif qildi.

YuNESKOga a’zo davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi va bo‘lajak konferensiyada o‘z delegatsiyalarining ishtirok etishiga qiziqish bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring