Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda joriy yilda 4ta GES ishga tushishi kutilmoqda

O‘zbekistonda joriy yilda 4ta GES ishga tushishi kutilmoqda

«O‘zbekgidroenergo» va «Silovie mashini» vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan hamkorlik uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu xorijiy kompaniya bilan Sirdaryo viloyatidagi Farhod GESni modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.

2020-yilda o‘zaro hamkorlik doirasida 28,3 million dollar miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtiriladi. Ushbu mablag‘ zamonaviy texnologiya uskunalari hamda qurilish-montaj ishlariga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

 Joriy yildan e’tiboran, qo‘shimcha ravishda tuzilgan 4 ta shartnoma asosida 275 MVt quvvatga ega bo‘lgan GESlarning qurilishi hamda modernizatsiyasi ishlari boshlanadi. Bu, o‘z navbatida, 138,4 million yevro miqdoridagi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishini anglatadi.

Hamkorlikdagi yangi loyihalar qatoriga «Sardoba suv ombori qoshidagi kichik GES qurilishi», «Darg‘om kanalining 102+00 piketida kichik GES qurilishi va Darg‘om kanalida Bog‘ishamol kichik GES qurilishi», «Chotqol daryosida Quyi Chotqol GES qurilishi» hamda «To‘palang GESni modernizatsiya qilish» investitsiyaviy loyihalari kiradi.

2021-yil iyul oyida Sardoba GES, 2021-yil avgustda Darg‘om kanalining 102+00 piketida KGES va ushbu kanalda Bog‘ishamol KGES, 2021-yil dekabr oyida To‘palang GES, 2022-yil dekabr oyida Quyi Chotqol GESni ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring