Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda infeksiya 19ta oilada qayd etilgan va ulardan qarindosh-urug‘lariga tarqalgan

O‘zbekistonda infeksiya 19ta oilada qayd etilgan va ulardan qarindosh-urug‘lariga tarqalgan

Bugun, 10-aprel kuni AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

– Mamlakat bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, kasallik 94 ta holatda chet elda bo‘lgan fuqarolarda aniqlangan hamda ulardan ketma-ketlikda tarqalgan 440 ta holatda fuqarolarimiz kasal bo‘lgan.

Bugungi kunda xorijdan kelgan 94 nafar fuqarodan tarqalishi mumkin bo‘lgan 100 mingdan ortiq aholining to‘liq ro‘yxati shakllantirilib, har biri bo‘yicha alohida-alohida surishtirish ishlari, profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Muloqotda bo‘lganlarni tahlil qilganimizda, infeksiya 19 ta oilada qayd etilgani va ulardan oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lariga tarqagani aniqlandi.

Chet eldan yuqtirib kelgan fuqarolar orqali 40 ta korxona, tashkilotlarda ishlaydigan hamkasblariga yuqtirganlik holatlari aniqlangan, – deydi Bahrom Almatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring