Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ikki marta yer qimirlashi qayd etildi

O‘zbekistonda ikki marta yer qimirlashi qayd etildi

Bugun, 9 sentyabr kuni tunda ikki marta yer silkinishi qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 4,6 magnitudali zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida sezilgan:

Bekobod shahrida — 2-3 ball,

Shirin shahrida — 2-3 ball,

Bekobod tumanida — 2 ball,

Yangiobod tumanida — 2 ball,

Boyovut tumanida — 2 ball.

Shuningdek, soat 02:00 da esa Andijon viloyati, Asaka tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Uning sezilish kuchi:

Asaka tumanida — 2 ball,

Shahrixon tumanida —2 ball,

Marhamat tumanida —2 ball,

Quva tumanida — 2 ball.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring