Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarimalar miqdori oshiriladi

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarimalar miqdori oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

Shu yilning oxiriga qadar O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan jarimalar miqdorini oshirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlash ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Hujjatda transport vositasini boshqarish madaniyatini muntazam ravishda buzib kelgan «yo‘l bezorilari», ogohlantiruvchi chiroqni yoqmasdan bir polosadan ikkinchisiga o‘tganlar hamda baland ovozdagi signallardan noo‘rin foydalangan haydovchilarni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi ham o‘z aksini topadi.

Bundan tashqari, transport vositasini mast holatda boshqargan haydovchilarga nisbatan javobgarilikni kuchaytirish, xususan, bunday qoidabuzuvchilarni ma’muriy qamoqqa olish choralari ko‘rilishi ham nazarda tutilmoqda. Shuningdek, YPX xodimlari talabiga bo‘ysunmay transport vositasini to‘xtatmagan haydovchilarga nisbatan ham jarimalar miqdori oshiriladi.

Yangi hujjatda yo‘l qoidasini buzgan piyodalar uchun ham jarimalar va javobgarlik kuchaytiriladi. Shu yilning avgust oyidan boshlab yo‘l qoidasini buzgan piyodalar axborot-kommunikatsiya vositalari orqali aniqlanib, elektron bayonnomalar rasmiylashtirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring