Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda

O‘zbekistonda havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar qildi. 

30 sentyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.

1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring