Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo keskin soviydi, chang bo‘roni bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda havo keskin soviydi, chang bo‘roni bo‘lishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 16-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi. 

16-17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrimjoylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18-noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring