O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun mamlakatimiz hududining katta qismida yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo‘lgan, Eron hududlaridan kirib kelgan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi.
Quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kechga tomon Toshkent viloyatida, shuningdek tog‘ oldi va tog‘li huddularda konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduz kuni havo 40-43° gacha, janubda ba’zi joylarda 44-46° gacha, Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antitsiklon ta’sirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38° ni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi saqlanib turadi.
Ertaga Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi. O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27° atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38° ni, respublikaning eng janubida 41-43° gacha ni tashkil etadi
Bunday harorat foni haftaning oxirigacha davom etadi, ammo harorat me’yordan hali ham yuqori bo‘ladi va kechalari 20-25° ni, kunduz kunlari 34-39° ni, respublikaning eng janubida 41-43° gacha ni tashkil etadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li huddularda konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 8-9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17-22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter