Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo harorati +24 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

O‘zbekistonda havo harorati +24 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti

Foto: Xabar.uz

23-fevral O‘zbekistonning janubiy viloyatlarda havo harorati +24 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabarida aytiladi. 

23-fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari joylarda havo harorati sezilarli darajada yuqori ko‘tariladi.

Masalan, shimolda harorat +13 +15 darajagacha iliq kutilsa, respublikaning boshqa viloyatlarida sutkaning makisimal harorati +20 +24 darajagacha yetishi ma’lum qilinmoqda.

Juma kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring