O‘zbekistonda Yevropaning yana bir davlati diplomlari tan olinadi
O‘zbekistonda Finlandiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochiladi, «ikki tomonlama diplom» berish dasturlari joriy etiladi. Bu haqda kecha 19 aprel kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Finlandiya elchisi etib tayinlangan Ilkka Ryaysyanen bilan gaplashib olgan.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari ishonch yorliqlarini qabul qilib, elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilingan.
O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, jumladan, o‘zaro savdo missiyalarini tashkil etish, qo‘shma investitsiya loyihalarni amalga oshirish, ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish kerakligi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter