O‘zbekistonda emlanganlik haqida sertifikat beriladi
O‘zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.
«Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shprits ta’minoti, xavfsiz qutilar ta’minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi», — dedi Bahodir Yusupaliyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter