Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda elektromobilga talab keskin ortmoqda

O‘zbekistonda elektromobilga talab keskin ortmoqda

O‘zbekistonga 2023 yilning 5 oyida 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilingan.

Statistika agentligining ma’lum qilishicha, elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p Xitoydan elektromobil import qilgan.

Eng ko‘p elektromobil import qilingan davlatlar:
— Xitoy – 3 480 ta
— Gonkong – 256 ta
— Germaniya – 42 ta
— BAA – 16 ta
— Koreya – 11 ta
— AQSh – 6 ta
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, O‘zbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 180 dona elektromobil import qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring