O‘zbekistonda dronlar yig‘iladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Davergeodezkadastr qo‘mitasi bir oy muddatda «Geoinnovatsiya markazi» DUK tajriba uchastkasida mavjud uchuvchisiz uchish qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatishni, joriy yil sentyabrigacha ularni yig‘ishni va 2020-2022 yillar mobaynida bosqichma-bosqich mahalliylashtirish choralarini amalaga oshiradi.
Belgilanishicha, uchish amaliyoti va ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib fuqarolik aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalariga belgilangan maksimal uchish vazni qishloq xo‘jaligi sohasida, shu jumladan qishloq xo‘jaligi ekinlarini kimyoviy moddalar bilan qayta ishlash (sepish)ga mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish qurilmalari uchun tadbiq etilmaydi.
Qayd etilishicha, klasterlar buyurtmalari bo‘yicha 150 metrgacha bo‘lgan balandlikdagi uchish amaliyoti uchun to‘lovsiz asosda ruxsat berilishi ko‘zda tutilgan
Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 24 sanasiga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter