Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda dori narxlarini oshirgan dorixonalar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda dori narxlarini oshirgan dorixonalar jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi. Bu borada Prezidentning aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni rivojlantirishga oid tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, dori vositalarining chakana savdosida jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida 2023-yil 1-maydan boshlab:

  • jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan dori vositalari uchun dorixonalar tomonidan taqdim etiladigan xarid chekining fiskal belgisi soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositalari narxlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining axborot tizimidagi dori vositalarining chakana referent narxlari bilan avtomatik tarzda solishtiriladi;
  • dori vositalarining chakana narxlariga belgilangan ustamalar oshirib qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda, tegishli chora ko‘rish uchun bu haqida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organiga avtomatik ravishda xabar yuboriladi;
  • xarid cheki bo‘yicha narx dori vositasining chakana referent narxidan ortiq deb topilganda, huquqbuzardan jarima undiriladi.

Shuningdek, xarid chekida sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning to‘liq miqdorda ko‘rsatilmasligi savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish sifatida e’tirof etiladi.

2023-yil 1-martgacha dori vositalarining ishlab chiqarilishidan boshlab ularning iste’moli natijasigacha bo‘lgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring