O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kuni belgilandi
Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Qonun bilan 5 aprel «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kuni» sifatida belgilandi.
Qonun Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter