Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug‘ati nashr qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Nurillo Tuxtasinovning «Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug‘ati» nashrdan chiqdi.
Qayd etilishicha, izohli lug‘at kitobxonlar ommasi, davlat xizmatchilari, xususan yoshlarning davlat boshqaruviga doir bilimlarini oshirishni nazarda tutadi. Unda 600 dan ortiq termin, so‘z va so‘z birikmalari o‘rin olgan.
Muallifga ko‘ra, ayni kunlarda kitob asosida «UzPA» nomli mobil ilova yaratish ishlari ham olib borilmoqda. Ilovaga davlat boshqaruviga oid 600 dan ortiq terminlarning o‘zbek, ingliz, rus va koreys tillaridagi versiyalari ham matn, ham audio shaklda joylanadi. Bu foydalanuvchida nafaqat so‘zlarning ma’nosini bilish, balki ularni o‘zbek va xorijiy tillarda to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmasini o‘rganishiga yordam beradi.
Shuningdek, ilovada qo‘shimcha ravishda savodxonlik testi, «Temur tuzuklari» asosida o‘ziga xos pazlli o‘yin joy oladi. Bu foydalanuvchi uchun ilovaning qiziqarliligini oshiradi.
Ta’kidlanishicha, ilova tez kunda «Play Market» va «App Storye» platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter