Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qilish taklif etildi

O‘zbekistonda daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qilish taklif etildi

Foto:«Xabar.uz»

Yaqinda bir guruh jurnalist va blogerlar daraxtlarning ommaviy kesilishi bo‘yicha mamlakat rahbariyatiga ochiq xat yo‘llagandi.

Ushbu xatda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida brifing va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda ishtirok jurnalistlardan biri O‘zbekistonda daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qilish taklif etdi. 

«Hammamiz daraxt asrash masalasini muhokama qilyotgan vaqtimizda ham kimdir daraxt kesayotgan bo‘lishi mumkin. Bugun ham, ertaga ham kesishadi. Hatto indinga ham. Oddiy qilib aytganda, bu holatni quruq gap bilan o‘nglash qiyin. Shu sabab O‘zbekistonda daraxt kesishga qarshi moratoriy e’lon qishi kerak. Kamida bir oy. Ana shunda natija ko‘rinadi»-deydi OAV vakili. 

Ammo Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga ko‘ra, shunga o‘xshash tajriba 2018 yil avgustda ham qilingan. Ammo unda ko‘zda tutilgan natijaga erishilgani haqida ma’lumotlar yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring