O‘zbekistonda bukmeykerlik faoliyatiga ruxsat berilishi mumkin
Prezident bukmeykerlik faoliyatini qonuniylashtirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bu topshiriq Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarorida belgilangan.
Maxsus ishchi guruh 2023-yil yakuniga qadar ilg‘or xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmeykerlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Guruhni tashkil etishda mas’ul shaxslar Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirliklari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bukmekerlik 2022-yil bahorda taqiqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter