Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda birinchi bor davlat – xususiy sheriklik asosida GESlar quriladi

O‘zbekistonda birinchi bor davlat – xususiy sheriklik asosida GESlar quriladi

O‘zbekistonda birinchi bor davlat – xususiy sheriklik asosida umumiy quvvati 46,6 MVt, yillik o‘rtacha ishlab chiqarishi 179 million kVt/soat va umumiy qiymati 106,9 million dollar bo‘lgan 5 ta – «Qizildaryo», «Suvlisoy», «Dukentsoy», «Qamchiq» va «Quyi Ko‘ksuv» GES loyihalari yagona lot sifatida investor (xususiy sherik) jalb qilish maqsadida malaka so‘rovi tenderiga (RFQ) qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Prezidentning 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli tegishli Farmoni bilan «O‘zbekgidroyenergo» AJ buyurtmachi sifatida tashabbusni o‘z zimmasiga oladi.

DXSh asosida qurilishi rejalashtirilgan GESlarga Jahon banki tomonidan «Institutsional salohiyatni oshirish» grant mablag‘lari hisobidan yuqori malakaga ega xorijiy maslahatchilar yo‘llandi.

Xususan, «Synergy Infrastructure and Financial Advisory Services Inc» moliyaviy maslahatchi, «Dolsar Engineering» texnik maslahatchi va «UNICASE» yuridik maslahatchi sifatida tender asosida tanlab olindi hamda ushbu kompaniyalar bilan shartnomalar imzolandi.

Mazkur kompaniyalar loyiha hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ish olib boradi.

Tender savdolari joriy yil avgust oyida lotga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring